Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Toshkentning kichik xalqa yo`li va Farg`ona yo`li ko`chasi tutashgan joydagi yo`l o`tkazgichni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi.
Mirobod tumanidagi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotgan ko`prik shulardan biri. Uning eni 30, uzunligi 346 metr bo`lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo`lgan qismi yangidan quriladi, deya xabar beradi O`zA. Ko`prikning ikki tomonida piyodalar yo`lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o`rnatiladi. Bu ishlar haydovchi va yo`lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko`prikning harakat xavfsizligini ta`minlash darajasini oshiradi.
Prezidentimiz zamonaviy ko`priklar qurish, yo`llarni zamon talablariga moslashtirish aholiga qulaylik yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta`kidladi.
Ko`prik ostidan o`tuvchi temir yo`l atrofini obodonlashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.






