Qirg`iston parlamentining sobiq deputati, siyosatchi Sadir Japarovni qo`llab-quvvatlab, norozilik namoyishida ishtirok etgan 12 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Mazkur shaxslar joriy yilning 25 mart kuni Bishkek shahridagi MXX binosi yonida Qirg`iston parlamentining sobiq deputati, siyosatchi Sadir Japarovni qo`llab-quvvatlab, norozilik namoyishi o`kazishdi. Norozilik namoyishi vaqtida besh nafar milisiya xodimi turli darajadagi tan jarohati oldi.

Qirg`iziston respublikasi IIVning bergan ma`lumotiga ko`ra, norozilik namoyishi qatnashchilari IIVning xizmat avtobusi oyna va eshiklarini sindirib, moddiy zarar ham keltirgan. Mazkur qonunbuzarlikka yo`l qo`yishda gumonlangan namoyishning 12 nafar faol ishtirokchisi qo`lga olinib, advokatlar ishtirokida ularga nisbatan ayblov e`lon qilindi.

Bundan tashqari ularga nisbatan mol-mulkka zarar keltirish, bezorilik, hukumat vakillariga nisabatan zo`rlik ishlatish ayblari ham qo`yildi. 64 nafar namoyish ishtirokchisi 2 kundan 5 kungacha ma`muriy qamoq jazosiga hukm qilindi, 12 kishi jarimaga tortildi, 2 nafar qatnashchiga ogohlantirish e`lon qilindi, qolganlari bilan esa profilaktik suhbat o`tkazildi.






