AsosiyDunyo

​“Makdonalds”da ishlayotgan 94 yoshli xodim sharafiga kecha uyushtirildi

'​“Makdonalds”da ishlayotgan 94 yoshli xodim sharafiga kecha uyushtirildi'ning rasmi

AQShning Indiana shtatidagi Evansvill shahrida joylashgan “Makdonalds” tarmog`ida qariyb yarim asr ishlagan xodimning sharafiga kecha uyushtirildi.

94 yoshli Loreyn Maurer bu erda 1973 yildani buyon ishlaydi. Ma`lumotlarga ko`ra, Loreynning o`z mijozlari bor va ular maxsus ovqatlanish shahobchasiga u bilan ko`rishish uchun kelishadi.

Loreynning to`rt farzandi, olti nabira va etti evarasi bor. Lorey uchun mijozlari bilan munosabatlari juda muhim, sababi ular ayol 1980 yilda turmush o`rtog`ini yo`qotganidan so`ng uni qo`llab-quvvatlashgan.

“Mijozlarimning hayotimda ahamiyati katta. Ular bilan ko`p sayohat qildim. Ular mening do`stlarimdir”, - deydi Loreyn Maurer.

Loreynning o`zi ham fast-fud ishqibozi, u ayniqsa baliqli sendvichni xush ko`radi.

Boshqa yangiliklar