1

​Dunyoning eng mashhur mushugi Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Dunyo 28.03.2017, 10:08
​Dunyoning eng mashhur mushugi Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Yaponiyalik Maru laqabli mushuk dunyoning eng mashhur mushugi deb topilgan. U haqda Ginness rekordlar kitobi saytida ma`lumot berilgan.

Mushukning videosi YouTube orqali 337 million marta ko`rilgan. Shu tarzda 9 yoshli mushuk videoxostingda eng ko`p tomosha qilingan hayvonga aylandi. Uning ishtirokidagi roliklar 100 ming martalab ko`rilmoqda.

Mushukning egasi uning kutilmagan mashhurligidan hayratdaligini ma`lum qilgan.

Social Blade portali ma`lumotlariga ko`ra, Mugumogu kanali mushukning orqasidan YouTube tarmog`ida ko`rilishi jihatidan eng mashhur kanallardan biriga aylandi. Hayvonlarga bag`ishlangan mazkur kanalda Marudan avval Mishka laqabli kuchuk mashhur bo`lgan. U inson tovushiga o`xshash tovushlar chiqargani uchun mashhurlikka erishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1