1

Prezident mikrokreditlar ajratish tizimini soddalashtirishga oid qarorga imzo chekdi

Jamiyat 28.03.2017, 10:20
Teglar: Prezident farmoni, Shavkat Mirziyoev, Qaror, Markaziy bank
Prezident mikrokreditlar ajratish tizimini soddalashtirishga oid qarorga imzo chekdi

Mamlakatimiz Prezidenti “Tadbirkorlik sub`ektlarini va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorga imzo chekdi.

Hujjat tadbirkorlik sub`ektlari va barcha aholi qatlamining imtiyozli mikrokreditlardan keng foydalanishini ta`minlash, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini rag`batlantirish yo`li bilan aholi bandligini yanada oshirishga qaratilgan.

Qaror yangi ro`yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) va oilaviy tadbirkorlik sub`ektlariga (OTS) mikrokreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirishni joriy etishni ko`zda tutadi. Yangi ro`yxatdan o`tgan yuridik shaxs tashkil etmagan YaTT va OTSlarga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining (EKOIH) 20 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.

Yangi davlat ro`yxatidan o`tgan yuridik shaxs tashkil etmagan YaTT va OTSlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun EKOIHning 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar kreditlashga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta`minot turlari bilan bir qatorda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari vakolatlari doirasida kafilligi asosida ajratishni kengaytirish.

2021 yil 1 yanvarga qadar mazkur qarorga ilova etilgan faoliyat turlari bilan shug`ullanadigan yangi ro`yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan YaTT va OTSlar mikrokreditlarni rasmiylashtirishda 6 oy muddatga qat`iy belgilangan soliq to`lovlaridan ozod etiladi. Maboda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadigan qat`iy belgilangan soliq to`lovchilar ular davlat ro`yxatiga olingan kundan e`tiboran 12 oy ichida tugatilsa yoki 3 yoxud undan ko`p oy muddatga faoliyatini to`xtatsa, faoliyat ko`rsatgan davri uchun qat`iy belgilangan soliqlarni to`laydi.

Joylardagi davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo`jalik birlashmalariga tijorat banklari krediti hisobidan sotib olinadigan qoramol, qo`y-echki, quyon, parranda, baliq, asalari uyasi, mevali daraxt va tok ko`chatlari, urug`, mineral o`g`it, o`simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz naqd pulsiz hisob-kitob yo`li bilan etkazib berishni tashkil etishga ko`maklashish vazifasi topshirildi. Bir oy muddatda hududdagi joriy holatni tanqidiy tahlil qilish asosida tegishli qishloq xo`jaligi tovarlari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlar etkazib berishga ixtisoslashtirilgan xo`jalik sub`ektlarini tashkil etiladi.

Qarorda 47 ta uzoq va borish qiyin hamda ortiqcha mehnat resurslariga ega bo`lgan tumanda yangidan tashkil etilgan YaTT va OTS uchun tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamg`armasi hisobidan EKOIHning 100 baravarigacha miqdorida kreditlar ajratish belgilandi.

Markaziy bankka bir oy muddatda yuqorida ko`rsatilgan mikrokreditlarni ajratishning soddalashtirilgan tartiblarini tasdiqlash tavsiya qilindi.

Sharhlar

Dollar kursi ancha ko`tarildi

22.04.2024, 16:16

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 23 aprelda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi. AQSh dollari kursi 21,00 so`mga oshib, 12 711,00 so`m etib belgilandi.Evro kursi 12,22...
⚡️1000 so`mlik qog`oz pullar endi muomaladan chiqariladimi? Markaziy bank oydinlik kiritdi

22.12.2022, 10:40

26 dekabrdan O`zbekistonda 1000 so`mlik tanga pullar muomalaga chiqarilmoqda. Tanga pullar muomalaga kiritilsa, ushbu qiymatdagi qog`oz pullar iste`moldan chiqadimi? Markaziy bankning ma`lum qilishicha, muomalaga chiqarilayotgan 1000...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1