O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28 mart kuni Navoiy viloyatiga keldi, deya xabar beradi O`zA.
Davlatimiz rahbari o`zining saylovoldi dasturida Navoiy viloyatini rivojlantirish bo`yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Navoiy viloyatiga tashrifi chog`ida Shavkat Mirziyoev ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishish va xalq bilan bevosita muloqot qilish ko`zda tutilgan.