Yo`l-transport hodisasi poytaxtimizning Yashnobod tumanida 23 mart kuni soat 21.30 da sodir bo`ldi.
“Aviasozlar” bekati ro`parasida ohiri o`lim bilan yakun topgan mudhish YTH yuz berdi. 26 yoshli Toshkent shahar fuqarosi boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi, 53 yoshli piyodaning umriga zomin bo`ldi, deb yozadi Nuz.uz nashri.
Olingan jarohatlardan erkak voqea joyida halok bo`ldi, zudlik bilan etib kelgan tez yordam brigadasi o`lim hodisasini qayd etdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma`lum qilinishicha, ayni damda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, YTH oqibatlari o`rganilmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa avtomobil haydovchisining tezlikni oshirgani hamda piyodaning mumkin bo`lmagan joydan yo`lni kesib o`tganligi sababli sodir bo`lgan bo`lishi mumkin.