1

​Shaharlari, armiyasi yo`q, poytaxti qishloq bo`lgan dunyodagi yagona mamlakat

Dunyo 29.03.2017, 09:56
​Shaharlari, armiyasi yo`q, poytaxti qishloq bo`lgan dunyodagi yagona mamlakat

Dunyo ahlining yarmidan ko`pi Evropada yashashga intilayotgan bir paytda siz Tinch okeani orollaridan biridagi Niue davlatini nishonga olishingiz mumkin, deb xabar berdi Pomada.cc nashri.



Niuening poytaxti bo`lgan — Alofi qishlog`i



Orolning hududi bor-yo`g`i 261 km², aholisi esa 1611 nafar odamdan iborat. Orol 14 ta qishloqdan iborat, u erda birorta shahar yo`q. Mamlakatning poytaxti Alofi qishlog`i hisoblanadi.

Xikutavake qishlog`i


Orol qishloqlardan iborat bo`lishiga qaramay, bepul Wi-Fi mavjud, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar, kiyim-kechak sotib olish uchun Yangi Zelandiya dollaridan foydalanasiz. Niue tangalarida Pikachu pokemoni aks etgan.


Mamlakatda bitta siyosiy partiya, orolni aylanib o`tuvchi yagona avtomobil yo`li, bitta terma futbol jamoasi mavjud. Armiya va plyajlar yo`q. Orol aholisi ikki tilda ingliz va niuen tillarida muloqot qilishadi.


Plyajlarning yo`qligi orol go`zalligiga zarracha ta`sir qilmaydi. Bu erning qirg`oqlari toshli va tik ko`tarilgan qoya toshlardan iborat, orol o`zining chiroyli tabiati bilan har qanday odamni o`ziga jalb etadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1