1

​Kubada Fidel Kastroning singlisi vafot etdi

Dunyo 29.03.2017, 11:09
​Kubada Fidel Kastroning singlisi vafot etdi

Kubada seshanba, 26 mart kuni Raul va Fidel Kastroning singlisi Agustina Kastro Rusning dafn marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Agustina Kastro Rus 26 mart kuni Gavanada 79 yoshda vafot etdi. Uning olamdan o`tgani haqida g`arbiy OAVlar Mayamida yashovchi singlisi Xuanitu orqali xabar topdi. Agustinaning o`limiga son suyagining sinishi oqibatida o`tkazilgan operasiya asoratlari sabab bo`ldi.

Vidolashuv marosimi Kubaning sharqidagi Olgin viloyatidagi aka-singil Kastrolar tug`ilib-o`sgan Biran qishlog`ida bo`lib o`tdi. Agustinaning vasiyatiga binoan uning jasadi kuydirilib, kuli solingan ko`za oilaviy sag`anaga qo`yildi. Dafn marosimida marhumaning yaqin qarindoshlari, shu jumladan Kuba Davlat kengashi va Vazirlar mahkamasining raisi Raul Kastro ishtirok etdi.

Agustina Kastro Rus siyosatdan va davlat ishlaridan yiroq bo`lgan. U mashhur pianinochi Silvio Rodriges Kardenasga (2009 yilda vafot etgan) turmushga chiqqan edi. Uning uch farzandi bor, qizi Kubada, ikki nafar o`g`li esa AQShning Florida shtatida istiqomat qiladi.

Fidel Kastro va uning akasi Ramon 2016 yilda, opasi Anxela 2012 yilda vafot etgan. Kastrolar oilasida 7 farzand bo`lib, hozirda ulardan 3 nafari tirik: Raul 85, Enma 82, Xuanita esa 83 yoshga kirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1