Saratonga chalingan amerikalik yozuvchi Emi Krauze Rozental turmush o`rtog`i, huquqshunos Jeyson Rozentalga bo`lgan chuqur muhabbati ifodalangan esse yozdi. Esse e`lon qilinganidan 10 kun o`tgach, Emi vafot etdi, deb xabar beradi “Cosmopolitan”.
Emi va Jeyson 26 yil birga yashadi. Ularning ikki nafar farzandlari kollejda o`qiydi va alohida yashaydi. Er-xotin hayotini yangidan boshlamoqchi, o`zlari uchun yashamoqchi edi. O`g`il va qizlari voyaga etgan va er-xotin ko`proq vaqtlarini o`zlariga sarflash, sayohatga chiqishni rejalashtirgandi. Biroq, 2015 yilda Emi qorin sohasidagi kuchli og`riq tufayli shifoxonaga olib kelindi. Shifokorlar Emiga tuxumdonlar saratoni tashxisini qo`ydi.
Vaqt o`tgan sayin Emining salomatligi yomonlashib borardi. 2017 yilda o`limi yaqinligini sezgan Emi turmush o`rtog`i uning o`limidan so`ng yana baxtli turmush qurishi uchun unga atab esse yozdi. Ayol bu esse orqali turmush o`rtog`iga boshqa ayollarning e`tiborini jalb qilishni istadi.
Emining maktubi The New York Times gazetasi saytining tanishuvlar ruknida chop etilganidan so`ng uni 5 million kishi o`qidi.
“Men turmush o`rtog`imga bo`lgan muhabbatimni aks ettirgan ushbu maktubimni bir necha kundan beri yozishga urinaman. Biroq, morfiy va mazali taomlarning etishmasligi (Men qariyb 5 haftadan buyon odamlardek ovqatlanmayman) mendan yozuvchilik mahoratini yuvib chiqardi”,—deb boshlanadi Emining essesi.
Matnning keyingi o`rinlarida muallifning turmush o`rtog`i bilan birga boshdan kechirgan eng baxtiyor damlari, xususan ularning qanday tanishgani, Emi birinchi bor homilador bo`lganida birgalikda UZD tekshiruviga borganlari hamda turmush o`rtog`ining boshqa namunali xislatlari qayd etilgan.
Esse e`lon qilingandan 10 kun o`tib, Rozental hayotdan ko`z yumdi.
27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...12.10.2022, 11:42
Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...05.10.2022, 11:12
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...