AsosiyDunyo
3300

​YuNISEF 1,4 million bola ocharchilikdan halok bo`lishga mahkumligini ma`lum qildi

'​YuNISEF 1,4 million bola ocharchilikdan halok bo`lishga mahkumligini ma`lum qildi 'ning rasmi

Agar insonparvarlik yordami ko`rsatilmasa, Nigeriya, Somali, Janubiy Sudan va Yamanda yashovchi 1,4 million bola ochlikdan vafot etishi mumkin, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

BMTning YuNISEF bolalar jamg`armasi yuqoridagi ma`lumotlarni berib, mazkur bolalarni o`limdan qutqarish uchun 225 million dollar pul ajratishni so`radi. “Bu 2017 yilning yaqin kunlarida zarur bo`lgan mablag`ning ozgina qismidir. Bu mablag` o`tgan yilgidan 50 foiz ko`p bo`lib, 712 million dollarni tashkil etadi”, - deb ma`lumot berdi BMT rahbarining matbuot kotibi o`rinbosari Farxan Xak.

Tashkilot o`z bayonotida ochlik, qurg`oqchilik, turli nizolar avj olgan mamlakatlarda yashovchi millionlab bolalar to`yib ovqat emasligi, ular orasida bemor bolalarning ko`pligi, uy-joyi yo`qligi, maktabga bormasligi haqidagi ma`lumotlarni keltirdi. YuNISEF o`tmish saboqlaridan xulosa chiqarishga chaqirib, 2011 yilda Somalida rasman ocharchilik e`lon qilingunga qadar halok bo`lgan bolalarni misol keltirdi. “Xalqaro hamjamiyat mazkur xatoni qayta takrorlamasligi lozim”, deb ta`kidladi bolalar jamg`armasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar