2017 yil 3-5 may kunlari “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi bortkuzatuvchi lavozimiga qizlar tanlovi bo`lib o`tadi.
Arizalarni qabul qilish Uchuvchilar majmuasida 2017 yilning 3 dan 24 apreliga (24 aprel kuni ham) qadar, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari, soat 09-00 dan 12-00 gacha o`tkaziladi.
Bortkuzatuvchi lavozimiga nomzodlarga talablar:
Yoshi - 18 dan 25 yoshgacha. Tanlov o`tkazilayotgan vaqtda 18 yoshga etmagan yoki 25 dan oshgan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo`yilmaydilar.
O`zbekiston Respublikasi fuqarosi
Toshkent shahrida propiskadan o`tgan bo`lishi yoki vaqtincha ro`yxatdan o`tgan bo`lishi;
Ma`lumoti –o`rta maxsusdan past bo`lmasligi kerak (11 sinf, lisey, kollej)
Davlat, rus va ingliz tillarini erkin so`zlashish darajasida bilishi kerak.
Bo`yi: 157 dan 175 sm gacha. Og`irligi bo`yiga mutanosib bo`lishi kerak.
Xushbichim, kelishgan qaddi qomatli, yuzida va tana tuzilishida ko`rinib turadigan tashqi nuqsonlar bo`lmasligi, sariq va oq metallardan tish qoplamalari bo`lmasligi, yuzida va qo`llarida tatuirovka bo`lmasligi kerak, sochlar batartib turmaklangan bo`lishi zarur.
Tanlovda nomzodlarning umumiy saviyasi va ong-bilim darajasiga katta e`tibor beriladi: mamlakatimiz tarixi va geografiyasi, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, tarixiy va milliy qahramonlarimizning biografiyasi, dunyo geografiyasi bo`yicha bilimga ega bo`lish kerak.
Tanlov o`tkazish natijalarini obektiv ko`rib chiqish maqsadida tanlov ishtirokchilari javoblarini audio-video yozuviga olishga yo`l qo`yiladi.
Anketa-arizani to`ldirishda pasport, ma`lumoti to`g`risidagi hujjat va baholar varaqasi nusxasini, til bo`yicha tayyorgarlik kurslarini tugatganlik haqida guvohnoma, harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun), mehnat daftarchasi (mehnat staji bo`lganda) ilova qilinishi kerak.
Yonida pasport va 6x9 o`lchamdagi bitta fotosurat bo`lishi kerak. Arizalar to`liq komplekt holida qabul qilinadi va qaytarib berilmaydi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar tibbiy ko`rikdan o`tadilar. Sog`liqqa qo`yiladigan talablar o`ta yuqori. Parvoz ishlariga layoqatlilik haqida xulosani vrachlik–uchuvchilar ekspert komissiyasi beradi.
Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o`tgan shaxslar Milliy aviakompaniyaning Toshkent shahridagi O`quv-mashq markazida o`qitiladilar.