AsosiyDunyo

​Dunyodagi eng ko`rkam qomatga ega juftlik(Foto)

'​Dunyodagi eng ko`rkam qomatga ega juftlik(Foto)'ning rasmi

Londonlik Saymeon Panda va Shanel Braun dunyodagi eng ko`rkam qomatga ega bo`lgan juftlik deya tan olindi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Saymeon 30, Shanel esa 24 yoshda. Saymeonning bo`yi 186 santimetr, vazni 104 kilogrammni tashkil etadi. Shanelning bo`yi 165 santimetr, vazni 60 kilogramm.


Ular 2012 yilda tanishishgan. 2014 yildan boshlab esa uchrasha boshlagan. Bu tanishuv nafaqat ularning shaxsiy hayotida, balki ish faoliyatlarida ham muhim rol o`ynaydi.


Saymeon va Shanel birgalikda o`z tanalarini umumiy qiziqish-fitness yordamida biznes-imperiyaga aylantirdi.


Hozirda Saymeon sportzal uchun keraklik kiyim va aksessuarlarni ishlab chiqaradi. Shuningdek, uning saytida sport ozuqalari va trenirovkalar haqidagi elektron kitoblarni xarid qilish mumkin.


Shanel esa Youtube`dagi shaxsiy kanali orqali tanani ko`rpkamlashtirish bo`yicha mashqlarni onlayn translyasiya qiladi. Bundan tashqari, u sun`iy kipriklar ishlab chiqarishni ham yo`lga qo`ygan.


Juftlik sog`lom ovqatlanish va kun tartibini to`g`ri tuzishga alohida e`tibor beradi.


Ular kasbi tufayli ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislari bilan muloqot qilishlariga to`g`ri keladi. Juftlikning munosabatlariga rashk to`sqinlik qilolmaydi. Aksincha, ular bir-birining muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadi.



Boshqa yangiliklar