AsosiyJamiyat

​Namangan viloyatida bir kunning o`zida 67 ta oila tiklandi

'​Namangan viloyatida bir kunning o`zida 67 ta oila tiklandi'ning rasmi

Namangan viloyatida xotin-qizlar qo`mitalari boshchiligida “Yarashtirish komissiyasi” oyligi doirasidagi ishlar bo`yicha alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu haqda Namangan shahar hokimligi rasmiy saytiga tayanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Jadval asosida viloyatdagi 770 ta mahalla fuqarolar yig`inida mutaxassislardan iborat mahalla va oilalarda nizolarni bartaraf etishga ko`maklashuvchi ishchi guruhlar shakllantirildi.

Jumladan, joriy yilning o`tgan davri mobaynida viloyatning shahar va tumanlarida 1625 ta oila yarashtirildi. O`tgan qisqa vaqt mobaynida esa viloyat bo`yicha o`rganishlar jarayonida aniqlangan oilalarning masalalari MFYlarda muhokama qilindi. Birgina 28 mart kunining o`zida viloyatda 67 ta oila tiklandi.

Boshqa yangiliklar