Rossiyaning Elsin markazida ishlovchi o`qituvchilardan biri ikki kun mobaynida og`zidan haqorat so`zlari tushmagan o`quvchisini og`zini sovun bilan yuvishga majbur qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mahalliy OAVlar bergan ma`lumotga ko`ra, voqea 29 mart kuni markaz maydonlaridan birida faoliyat yuritgan “Lego-lager”da sodir bo`ldi.
Darsdan keyin bolasini olib ketishga kelgan bezori o`quvchining onasi o`qituvchining ustidan shikoyat qilmadi.
“Bugungi voqeani nima deb izohlaysan?” deb so`ralganda bola “Qaysi voqea?”, deb javob berdi. Onasi esa zora bu voqea bolasiga ta`sir qilib, bundan buyon haqoratli so`zlarni og`ziga olmasligiga umid qilib qolishini bildirdi.






