AsosiyDunyo

​Taksichi o`zi sezmagan holda bolani “o`g`irladi”

'​Taksichi o`zi sezmagan holda bolani “o`g`irladi”'ning rasmi

Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida taksichi o`zi bilmagan holda mijozining bolasini olib ketdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Bu haqda Sverdlov viloyati tergov qo`mitasi tergov boshqarmasi saytida xabar qoldirdi.

25 mart kuni tanishinikiga mehmonga kelgan ayol ikki bolasi bilan uyiga qaytish uchun taksi chaqirgan. Buyurtmani bajarishga kelgan taksichining mashinasida kichkina bolalar uchun mo`ljallangan maxsus o`rindiq bo`lmagan. Ayol bolalari bilan mashinaga o`tirgandan keyin qarindoshiga qo`ng`iroq qilib, uni bolalari bilan olib ketishni iltimos qilgan. Taksichi va ayol o`rtasida janjal ko`tarilgan, ayol jahl ustida bir bolasini olib, avtomobildan tushgan, ikkinchisi taksi ichida qolgan. Taksichi uning g`azablanganini ko`rib, tezroq ketishga harakat qilgan. Ancha yo`l yurgandan keyin orqa o`rindiqda o`tirgan bolaga ko`zi tushgan.

Taksichi bolani polisiyaga olib bordi, polisiyachilar esa uni sog`-salomat onasining qo`liga topshirdi. Bo`lib o`tgan voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar