1

2017-2021 yillarda ​O`zbekiston aholisiga onkologik yordam berish maqsadida 32,5 milliard so`m va 144,1 million AQSh dollari yo`naltiriladi

Jamiyat 05.04.2017, 09:44
Teglar: Tibbiyot
2017-2021 yillarda ​O`zbekiston aholisiga onkologik yordam berish maqsadida 32,5 milliard so`m va 144,1 million AQSh dollari yo`naltiriladi

4 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasida Onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko`rsatishni takomillashtiri chora-tadbirlari to`g`risida” Qaror imzoladi. Qarorning to`liq matni va unga sharh O`zAda keltirildi.

Qaror saraton kasalliklariga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab beradi, eng avvalo aholining davolashning yuqori texnologik usullariga bo`lgan ehtiyojlarini qoplashga, onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashning zamonaviy tizimini yaratishga yo`naltirilgan.

Qarorda asosiy maqsadi onkologik kasalliklar tufayli o`limni pasaytirish hisobiga aholi hayoti sifatini yaxshilash va umrni uzaytirish hisoblangan onkologiya xizmatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari belgilangan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan:

  • aholini skrining tekshirishlarning samarali dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish yo`li bilan onkologik kasalliklarni ilk bosqichlarda faol aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish;
  • aholining onkologik kasalliklarga tashxis qo`yish va davolashning jahon standartlari darajasiga muvofiq bo`lgan zamonaviy yuqori texnologik usullaridan foydalanishini yaxshilash;
  • reabilitasiya va palliativ yordamning zamonaviy tizimini, shuningdek, xospislar tashkil etish yo`li bilan onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning hayoti sifatini yaxshilash;
  • onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo`yish va davolashning samarali usullarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar doirasini kengaytirish hamda zamonaviy mahalliy o`smaga qarshi preparatlar yaratish;
  • respublika onkologiya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, shuningdek, ularning binolari va xonalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va yangilarini qurish.

Qaror onkologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolash sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantirilishini nazarda tutadi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, mintaqaviy onkologiya dispanserlarini uning filiallariga aylantirish nazarda tutilgan. Quyidagilar yangidan tashkil etiladigan markaz va uning filiallari faoliyatining ustuvor vazifalari etib belgilangan:

  • aholining onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo`yish va davolash bo`yicha xalqaro standartlar darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordamga bo`lgan talabini qondirish;
  • onkologiya sohasida aholiga yuqori malakali davolash-profilaktika yordami ko`rsatgan holda onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo`yish va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish;
  • onkologiya sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan va zamonaviy onkologiyaning ilg`or texnologiyalarini egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlari va ilmiy mutaxassislar tayyorlash;
  • onkologiya sohasida, shu jumladan, zamonaviy tibbiyot fanining ilg`or yutuqlaridan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish.

Xavfli o`smalarga barvaqt tashxis qo`yishni yaxshilash va importning o`rnini bosadigan mahalliy o`smaga qarshi preparatlarni yaratish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida Saraton profilaktikasi va Eksperimental onkologiya markazlari tashkil etiladi.

Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida respublika onkologiya muassasalari saraton kasalliklarini endoskopik va radioterapevtik davolash bo`yicha eng yangi apparatlar komplekslari bilan jihozlanadi, shu jumladan, respublikaga "Da Vinchi" robotlashtirilgan jarrohlik kompleksi va gamma tig` singari noyob uskuna etkazib beriladi.

Viloyat onkologiya muassasalari tuzilmasida palliativ yordam berish bo`yicha bo`limlar, shuningdek, Toshkent, Farg`ona, Samarqand va Urganch shaharlarida to`rtta mintaqalararo xospislar tashkil etilishi respublika fuqarolarining hayoti sifati yaxshilanishiga prinsipial jihatdan muhim yondashuv bo`ladi.

Respublikaning barcha hududida ko`krak bezi va bachadon bo`yni saratonini va Farg`ona viloyatida tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida qizilo`ngach, me`da va kolorektal saratonni aniqlashga yo`naltirilgan skrining tadqiqotlarini bosqichma-bosqich joriy etish yo`li bilan onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt tashxis qo`yish chora-tadbirlarini takomillashtirishga, xavfli o`smalarga barvaqt tashxis qo`yishning molekulyar-biologik, genetik, endoskopik va nur usullarini onkologiya dispanserlari amaliyotiga joriy etishga muhim ahamiyat berilgan.

Onkologiya xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo`yish va davolash sohasida ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, shuningdek, ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mahalliy amaliyotga joriy etish, vrachlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi maqsadida etakchi onkologiya klinikalari bilan sheriklik munosabatlarini o`rnatish yo`li bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish qabul qilingan dasturning muhim yo`nalishlaridan biri etib belgilangan.

Umuman olganda, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasi aholisiga onkologik yordam berishni yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga O`zbekiston Respublikasi byudjeti mablag`laridan 32,5 milliard so`m hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablag`lari va grantlari hisobiga 144,1 million AQSh dollarini yo`naltirish nazarda tutilgan.

Mamlakat Prezidentining qarorida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi 100 ming aholiga onkologik kasalliklardan vafot etish ko`rsatkichini 38,7 foizdan 35 foizgacha pasaytirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni o`smaga qarshi preparatlar bilan ta`minlashni 33 foizdan 90 foizgacha ko`paytirish, aholining davolashning yuqori texnologik turlariga bo`lgan ehtiyojini qoplashni 70 foizgacha etkazish imkonini beradi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjaev zimmasiga yuklandi.

Sharhlar

Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

29.03.2021, 18:15

Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba...
Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

09.11.2019, 23:59

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...
Toshkentda 25 yoshli yigit o`zini osdi

11.07.2017, 21:10

Toshkentning Shayxontohur tumanida 8 iyul kuni 25 yoshli yigit o`z joniga qasd qildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 1992 yilda tug`ilgan yigit balkonda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1