AsosiyJamiyat
4098

​Toshkent viloyatida 2 ayolni tunagan bezorilar qo`lga olindi

'​Toshkent viloyatida 2 ayolni tunagan bezorilar qo`lga olindi'ning rasmi

Ikki shovvoz bir kunning o`zida ikki himoyasiz ayolni qo`rqitib, ularning uyidan qimmatbaho buyumlarini olib chiqib ketishgan. Voqea quyidagicha sodir etiladi, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Buni qarangki endigina 23 yoshni qarshilagan bu yigitchalar o`zlarining qing`ir ishlarini oldindan rejalashtirib olishadi. So`ngra o`zlari yashagan Toshkent viloyati Piskent tumani “Oqtepa” MFYga qo`shni bo`lgan Oqqo`rg`on tumani S.Segizbaev fermerlar uyushmasi 1-bo`lim Shohruhiya qishlog`i hamda Bo`ka tumani “Toshloq” MFYda istiqomat qilgan uy bekalariga do`q-po`pisa qilishib 2 dona mobil telefonlari va sariq metaldan yasalgan 2 juft ziraklari, bundan tashqari 180 ming so`m pullarini tortib olib, ko`zdan g`oyib bo`lishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko`rgan choralari natijasida bu ikki hamtovoq qo`lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyatni sodir etish sabablarini o`rganish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar