“Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlashda ularning mas`uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Ichki ishlar organlari tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida – Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi;
Ekspert-kriminalistika markazi va Ekspert-portlatish texnikasi markazi negizida – Ekspert-kriminalistika bosh markazi;
Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi, Moddiy-texnika ta`minoti boshqarmasi, Xo`jalik boshqarmasi, Kapital qurilish boshqarmasi negizida – Moliya va moddiy-texnika ta`minoti bosh boshqarmasi;
Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasining Xalqaro hamkorlik bo`limi hamda Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta`minlash boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish va ushbu sohada xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik bo`limi negizida – Xalqaro hamkorlik boshqarmasi.
4. Quyidagilar:
Tergov bosh boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga;
Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati Kadrlar bosh boshqarmasiga;
Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasiga;
Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga;
Shaxsiy tarkib bo`yicha maxsus inspeksiya O`z xavfsizligi boshqarmasiga;
Kotibiyat Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasiga;
Aloqa bo`limi Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasiga;
Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash boshqarmasiga, tarmoq ichki ishlar boshqarmalari (bo`limlari, bo`linmalari) transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash bo`limlariga;
Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti Harbiy-texnika institutiga;
Yong`in xavfsizligi oliy texnik maktabi Yong`in xavfsizligi institutiga;
serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang`ich tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlariga o`zgartirildi.