AsosiyJamiyat

​“GM Uzbekistan” urush faxriylariga avtomobillar navbatsiz beriladi

'​“GM Uzbekistan” urush faxriylariga avtomobillar navbatsiz beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi farmoniga muvofiq 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish maqsadida “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillarni navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish tartibi belgilandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Unga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Mudofaa va Moliya vazirliklari huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi tomonidan hududiy taqsimoti bo`yicha shakllangan Ikkinchi jahon urush faxriylarining to`liq ro`yxati ‘GM Uzbekistan’ AJga taqdim etildi. “GM Uzbekistan” AJ har bir urush faxriysi nomiga beriladigan imtiyozli sertifikat ishlab chiqargan. Sertifikatlar Ikkinchi jahon urush faxriylariga «Nuroniy» jamg`armasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari bo`yicha bo`limlari mutasaddi xodimlari hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tarqatiladi. Sertifikatlarni topshirish chog`ida har bir urush faxriysiga beriladigan imtiyoz shartlari, amalga oshirish tartibi to`liq tushuntiriladi”— deydi “Samarqandavtotexxizmat” MChJ boshqaruvi raisi Akbar Ahtamov.

Sertifikatda ko`rsatilgan imtiyoz asosida sotib olingan avtomobilga birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko`rsatish jamiyatimiz tomonidan bepul amalga oshiriladi. Imtiyoz bir martalik hisoblanib, 2017 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

Navbatsiz shartnomaviy buyurtma tuzish huquqi berilgan sertifikat egalari buni qanday amalga oshiradilar, degan savol tug`iladi.

Nogironligi va kasalligi tufayli urush faxriysining avtomobil olishga shartnoma tuzish uchun imkoniyati bo`lmagan taqdirda uning navbatsiz olish imtiyozi faxriyning o`z rozilik arizasi bilan bevosita qarindoshi yoki qarovchisiga faxriyning yashash manzildagi mahalliy fuqarolik organlari, mahalla qo`mitasi tomonidan taqdim etilgan ma`lumotnoma asosida tuzilishi mumkin.

Shartnomaviy buyurtma tuzish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Pasport, 1941-1945 yillarda urush qatnashchisi ekanligi, nogironligi to`g`risida guvohnoma, imtiyozli sertifikat.

To`lov XPK, so`mlik plastik karta orqali yoki naqd pul topshirish yo`li bilan amalga oshiriladi.

Boshqa yangiliklar