AsosiyJamiyat

​Sergelida yo`lovchi tashuvchi avtobus bilan sodir bo`lgan YTH oqibatida 9 kishi jabrlandi

'​Sergelida yo`lovchi tashuvchi avtobus bilan sodir bo`lgan YTH oqibatida 9 kishi jabrlandi'ning rasmi

12 aprel kuni Sergeli tumanida yo`lovchi tashuvchi avtobus bilan YTH sodir bo`ldi.

Toshkent halqa avtomobil yo`li bo`ylab harakatlanayotgan “Isuzu” rusumli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo`qotib yo`l to`sig`i bilan to`qnashgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, YTH oqibatida 9 nafar yo`lovchi jabrlangan. Ularning barchasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga etkazilgan.

Ayni damda YTH yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar