AsosiyJamiyat

​Jizzaxda 56 ta nikoh va 481 ta sunnat to`ylari o`tkazib beriladi

'​Jizzaxda 56 ta nikoh va 481 ta sunnat to`ylari o`tkazib beriladi'ning rasmi

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish, jamiyatda o`zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag`rikenglik va xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida viloyatda “Prezident e`tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida 56 juft kelin-kuyovlarning nikoh hamda 481 nafar bolalarning sunnat to`ylarini o`tkazish bo`yicha Jizzax viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Rejaga muvofiq joriy yilning 20 aprel-20 may kunlari hududiy hokimliklar, xotin-qizlar qo`mitalari, “Tadbirkor ayol” assosiasiyasi viloyat bo`limi, “Hunarmand” uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamkorligida to`y marosimlarini o`tkazish yuzasidan tegishli vazifalarni amalga oshiradilar.

Kelin-kuyovlarga esdalik sovg`alari, sunnat to`ylari o`tkaziladigan 481 nafar bolalarga esa “Xalq banki” bo`limlarida 1 million so`m miqdoridagi omonat daftarchalari tantanali tarzda topshiriladi.

Boshqa yangiliklar