O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2017 yil 12 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o`rinbosari S.Safoevning Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Lisze bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Suhbat chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar hamkorlikning barcha yo`nalishlari bo`yicha ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdilar.
Shundan kelib chiqqan holda shu yilning may oyida Butunxitoy xalq vakillari yig`ilishi doimiy qo`mitasining raisi va bosh kotibi Van Chen boshchiligidagi Xitoy delegasiyasining O`zbekiston Respublikasiga qiladigan tashrifiga tayyorgarlik ko`rish masalalari muhokama etildi.






