AsosiyJamiyat

500 DAN ORTIQ TADBIRKORGA IMTIYoZLI KREDITLAR AJRATILADI

'500 DAN ORTIQ TADBIRKORGA IMTIYoZLI KREDITLAR AJRATILADI'ning rasmi

Toshkent shahridagi “Ko`rgazma savdo markazi” majmuasida bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari X (o`ninchi) yillik BANKEXPO-2017 milliy ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.

Ushbu tadbir Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli framoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ga asosan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan bir qator idora va tashkilotlar, tijorat banklari bilan hamkorlikda o`tkazilmoqda.

Ko`rgazmada mamlakatimizning barcha tijorat banklari, kredit tashkilotlari, etakchi sug`urta, lizing, axborot texnologiyalari kompaniyalari o`z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

Mazkur ko`rgazmada “Xalqni tadbirkor qilish” shiori ostida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari vakillari, o`z biznesini boshlash istagida bo`lgan bitiruvchilar uchun zarur ma`lumot va tavsiyalar ham berilmoqda. Mamlakatimizning yirik moliya muassasalari, tijorat banklari mutasaddilari, nufuzli oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari tadbirkolik faoliyatini yo`lga qo`yish, biznesni rivojlantirish, sohadagi imtiyoz va preferensiyalar yuzasidan davra suhbatlari, seminar va taqdimotlar o`tkazilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida joylarda bandlikni ta`minlash bo`yicha tashkil etilgan loyihalarda muvaffaqqiyatli ishtirok etgan fermer va tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish huquqini beruvchi 500 dan ortiq sertifikatlar topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar