13 aprel, payshanba kuni soat 07:50 da Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani “Bog`iston” MFY hududidan o`tuvchi 4R-10 “Chorvoq suv ombori aylanma yo`li”ning 47 kmda er ko`chkisi sodir bo`lgan. Ko`chki avtomobil yo`lining o`ng tomonidan pastlikka ko`chgan. Ko`chkining o`lchami: eni 10-15 metr; balandligi (chuqurligi) 1-1,5 metr; uzunligi 10-14 metrni tashkil etadi, deb xabar beradi FVV Matbuot xizmati.
Ko`chki tushishi oqibatida yo`ldan o`tayotgan Damas rusumli avtomobili pastga qulagan. Natijada avtomobilda bo`lgan ikki nafar fuqaro jabrlangan.
Jabrlangan fuqarolarning biri Bo`stonliq tumani Tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.
Jabrlangan fuqarolar Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumani “Bog`iston” MFYda istiqomat qilishi ma`lum bo`ldi.
Toshkent viloyati FVB, IIB, Bo`stonliq tumani xokimiyati va “O`zavtoyo`l” xizmati bilan hamkorlikda ko`chki tushgan avtomobil yo`lini tozalash ishlari olib borilmoqda.