O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 14 aprel kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoev o`zining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta`minlash bo`yicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi, deya xabar beradi O`zA.
Samarqandga tashrifi davomida viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishishi ko`zda tutilgan.