O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 apreldagi Qaroriga ko`ra, Yusupaliev Baxodir Kaxramanovich O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.
Ma`lumki, B.Yusupaliev O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining departament mudiri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.
Shu vaqtgacha Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xadjibaev Abduhakim Mo`minovich O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.