1

​Abdulaziz Komilov Stokgolmdagi terakt ijrochisi Rahmat Oqilov bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

Jamiyat 14.04.2017, 16:47
Teglar: Terakt, Jinoyat, Oliy Majlis
​Abdulaziz Komilov Stokgolmdagi terakt ijrochisi Rahmat Oqilov bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

O`zbekiston tashqi siyosatining zamonaviy bosqichi va uning dolzarb masalalari mavzusida 14 aprel, juma kuni Xalqaro press-klubning ilk yig`ilishi o`tkazildi. Tadbirda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Oliy Majlis Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev ishtirok etdi, deb xabar beradi “Daryo”.

Klubning jamoatchilik kengashi, mahalliy va xorijiy jurnalistlar hamda mas`ul tashkilotlar vakillari ishtirokidagi uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Shu tufayli ishtirokchilar mamlakat tashqi siyosatiga doir savollar bilan spikerlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Jumladan, jurnalistlar, O`zbekistonning chet davlatlardagi konsullik va elchixonalari, tegishli tashkilotlari faoliyatidagi kamchiliklar, mamlakat tashqi imijini yaratishdagi asosiy omillar, AQShning Suriya bazasiga uyushtirgan zarbalariga nisbatan O`zbekiston pozisiyasi bilan qiziqdi. Shuningdek, zamonaviy bosqichdagi tashqi siyosatdan kutilayotgan yangiliklar qatorida 7 aprel kuni Stokgolmda sodir etilgan teraktda gumonlanib, qo`lga olingan O`zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov bo`yicha rasmiy ma`lumot so`raldi.

Berilgan savollarga javob berar ekan, Abdulaziz Komilov birinchi galda O`zbekiston tarafi AQShning Suriya bazasiga bergan zarbalari xususidagi savollarga hech bir izoh bermasligi, chunki O`zbekiston bu jarayonning ishtirokchisi sanalmasligi, tinchlik tarafdori ekanini ta`kidladi.

Shuningdek, Stokgolm shahridagi terakt bo`yicha berilgan savolga javob berar ekan, Abdulaziz Komilov Samarqand huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyatchi Oqilovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari bo`yicha jinoyat ishi ochilgani va Evropadagi sherik davlatlardan birining maxsus xizmatiga Shvesiyani xabardor qilish uchun axborot yuborilgani haqidagi rasmiy ma`lumotni qo`shimcha qildi.

Ta`kidlash kerakki, OAVlar tomonidan ko`p bora tilga olingan masala, ya`ni chet ellik jurnalistlarning yurtimizda akkreditasiyadan o`tkazilishi bo`yicha hozirda Tashqi ishlar vazirligida kerakli ishlar olib borilayotgani, tez orada bu bo`yicha qo`shimcha yangiliklar kiritilishi ma`lum qilindi.

Sharhlar

Istanbul markazidagi teraktni sodir etgan shaxs hibsga olindi, u ayol kishi

14.11.2022, 09:28

Turkiyaning Istanbul shahri markazidagi Istiqlol ko`chasida uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchini qo`lga olindi, deya xabar bermoqda “Anadolu”ga tayanib "interfax".Ma`lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yakshanba kuni...
Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
O`zbekistonda xodimlarini eng ko`p majburiy mehnatga jalb etadigan sohalar ma`lum qilindi

19.08.2021, 07:44

2021 yil 18 avgust kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda qayd etilganidek, o`tgan davr mobaynida sohada milliy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1