Samarqandlik 1992 yilda tug`ilgan fuqaro firibgarlikni o`ziga kasb qilib, qoraqalpog`istonlik ayolni chuv tushirdi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Bu ustaomon yosh yigit poytaxtimizning Yashnobod tumani hududida 1971 yilda tug`ilgan vaqtincha Mirobod tumanida ro`yxatda turgan ayolni aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, uy olib berishni va`da qilib 4.000.000 so`m va 3000 AQSh dollarini olib ko`zdan g`oyib bo`ladi. Biroq firibgarning nag`masi o`tmadi.
U ichki ishlar xodimlari tomonidan ko`p o`tmay ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.






