1

​Shavkat Mirziyoev Samarqandda qatnaydigan tramvayning ilk yo`lovchisi bo`ldi

Jamiyat 15.04.2017, 23:01
Teglar: Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev Samarqandda qatnaydigan tramvayning ilk yo`lovchisi bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016 yil 5 oktyabr kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog`ida Samarqand shahrida transport tizimini yanada yaxshilash masalasiga alohida e`tibor qaratgan va aholiga qulaylik yaratish hamda shahar atrof-muhiti musaffoligini ta`minlash borasida zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish zarurligini ta`kidlagan edi.

O`tgan qisqa vaqtda tegishli tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shahar ko`chalarida po`lat izlar yotqizildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 15 aprel kuni Samarqand shahrida Temiryo`l vokzali – Sartepa yo`nalishi bo`yicha tramvay qatnovi yo`lga qo`yilishiga bag`ishlangan tadbirda ishtirok etdi, deya xabar beradi O`zA.

Davlatimiz rahbari "Tarix muzeyi" bekatidan "Temir yo`l vokzali" bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda keldi. Samimiy muloqot chog`ida mamlakatimiz hududlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilayotgan e`tibor haqida so`z bordi.

Ikki tomonlama qatnovga mo`ljallangan yo`lda elektr bilan ta`minlovchi to`rtta podstansiya va bitta depo qurildi. Temir yo`l vokzali bilan Sartepa oralig`idagi 6,4 kilometrlik yo`nalishda 8 tramvay harakatlanadi.

Prezidentimiz tramvaylarni boshqarish uchun malakali haydovchilar tayyorlashni yo`lga qo`yish kerakligini alohida ta`kidladi.

Samarqand shahrida to`rtta yo`nalish bo`yicha 20 tramvay qatnovi yo`lga qo`yilishi belgilangan. Mazkur yo`nalishdan tashqari kelgusida Temir yo`l vokzali – Siyob dehqon bozori, Temir yo`l vokzalidan Spitamen ko`chasi orqali Kimyo zavodigacha, Temir yo`l vokzalidan Narpay ko`chasi orqali Kimyogarlar qo`rg`onigacha tramvay liniyalari ochiladi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1