Toshkent shaxrining Yakkasaroy tumanida noma`lum shaxs Bobur ko`chasida joylashgan “Al-Qasr” kafesi oldida 1989 yilda tug`ilgan fuqaroning “Spark” rusumli avtomashinasining orqa o`rindig`ida turgan, ichida 7.600.000 so`m puli bo`lgan selofan paketini olib voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko`rgan choralari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, Sirg`ali tumanida yashovchi, 1983 yil va 1994 yilda tug`ilgan ikki nafar shaxslar qo`lga olindilar.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Agarda “Spark” egasi avtomashinasini qarovsiz qoldirmay, hushyorroq bo`lganida mazkur jinoyat jabrdiydasiga aylanmagan bo`lar edi. Yaxshiyamki, uning baxtiga jinoyat tezkorlik bilan fosh etilib, pullari o`ziga qaytarildi, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
17.01.2023, 12:04
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...12.01.2023, 12:43
FVV qutqaruvchilari tomonidan Sergeli tumanida kanalga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, bugun, 12 yanvar kuni Toshkent...06.01.2023, 10:46
Bir muddat avval Toshkentda 47 yoshli erkak 6 yoshli qizchaga nisbatan zo`ravonlik sodir etmoqchi bo`lgani haqida xabar va video berilgan edi.Voqeaga ko`ra, yozgi ta`til payti...