1

​Psixotrop moddalar sotish bilan shug`ullangan dorixonalar fosh etildi

Jinoyat 18.04.2017, 16:52
Teglar: Jinoyat
​Psixotrop moddalar sotish bilan shug`ullangan dorixonalar fosh etildi

Bugungi kunda tadbirkorlik bilan shug`ullanishni istagan fuqarolarga barcha davlat idoralari tomonidan beminnat yordam ko`rsatilmoqda. Boshlang`ich mablag`i bo`lmasa, imtiyozli kreditlar, er-joy va foydalanilmayotgan bino-inshootlar tadbirkorlar ixtiyoriga berilayotir. Bundan unumli foydalanib, to`g`ri ish yuritayotgan tadbirkorlarimiz oilasi farovonligi va moddiy ehtiyojlarini ta`minlash bilan birga davlatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga munosib hissa qo`shmoqdalar.

Guruch kurmaksiz bo`lmaydi

Biroq, ayrimlar berilayotgan imtiyozlardan foydalanishga foydalanayaptiyu, faoliyati davomida qonunlarimizni chetlab o`tib, huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymoqdalar. Ba`zi ishbilarmonlar belgilangan qoida va me`yorlarga amal qilmasa, boshqalari soliq to`lashdan qochib, daromadlarini yashirgan holda o`zlariga muammo orttirmoqdalar. Masalan, Rustam Avazov va uning sheriklari ham uch-to`rt so`m foyda ko`raman deb jinoyat ko`chasiga kirib qoldi va el-yurt oldida yuzlari shuvut bo`ldi.

Rustam Avazov 2010 yilda tadbirkorlik bilan shug`ullanaman, oilamning moddiy imkoniyatlarini yaxshilayman, deb “Anora R” mas`uliyati cheklangan jamiyatini tashkil qilib, uning balansida dorixona ochadi. Dorixonaga o`g`li Davron Avazovni direktor qilib tayinlaydi, o`zi esa ta`sischi sifatida ish olib boradi. Shu tariqa “Anora R” MChJ ish boshlaydi.

Tartibni buzgan “dorishunos”

Oradan biroz vaqt o`tib, Rustam Avazov tomonidan dorixonalar faoliyati, mazkur sohadagi past-balandliklar o`rganib chiqiladi va “Fenazepam” tabletkasini sotish orqali yaxshi foyda olish mumkinligi oydinlashdi. Shundan so`ng u belgilangan qoidalarga zid ravishda, qonunni chetlab o`tib, “Fenazepam” tabletkasini o`zining tanishlari orqali olib kelib, dorixonada sotishni yo`lga qo`yadi.

Jamiyatimizda belgilangan tartiblarga ko`ra, psixotrop moddasi bor dorilar qat`iy ravishda shifokor tavsiyasi va yo`riqnoma asosida sotilishi kerak. Giyohvand vositalari va psixotrop moddalarini bemalol sotish qonunga zid hisoblanadi va buni barcha sog`liqni saqlash sohasi xodimlari, shu jumladan, dorixonalar xizmatchilari ham juda yaxshi bilishadi. Biroq bilgan boshqa, bilib qonunga amal qilmaslik boshqa ekan.

R.Avazov ham “Fenazepam” tabletkasini sotish ta`qiqlanganini bila turib, o`zining tanishi bo`lgan M.Abduazimovdan u iste`mol qiladigan “Fenazepam” tabletkalarini boshqa bir mijozga sotish maqsadida, “sizga keyin o`zim topib beraman”, deb so`rab oladi.

Tarkibida giyohvand modda bo`lgan...

Ma`lum vaqt o`tgandan so`ng qayd etilgan mijoz Zangiota tumanida joylashgan R.Avazov rahbarligidagi dorixonaga keladi va undan 10 dona yuqorida nomi aytilgan dorini 8 ming so`mga sotib oladi. Ammo dorixona egalaridan dorining taalluqlilik hujjatini so`raganida, bu dorini sotish taqiqlanganligi, shuning uchun dorini iste`mol qilish tartibi yozilgan qog`ozi bo`lmasligini aytishadi.

Unda bu dorilarga nisbatan shubha paydo bo`ladi va u tabletkalarni tekshirtirib ko`rish uchun Mirobod tumani IIB xodimlariga ariza bilan murojaat qiladi. “Fenazepam” tabletkalari tekshirilgandan so`ng IIB xodimlari bu dorining shifokor tavsiyasi bilan sotilishi lozimligini va uning tarkibida giyohvand moddalar borligini aytishadi.

Shundan so`ng, huquqni muxofaza qilish organlari xodimlari giyohvand moddalarni qonunga xilof ravishda o`tkazayotgan kimsalarni aniqlashga kirishishadi. “Anora R” MChJ tasarrufidagi dorixona mijozining arizasi asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar davomida “Anora R” MChJ dorixonasi xodimlari bo`lgan R.Avazov va D. Irkaeva qonunga xilof ravishda psixotrop moddalarni sotishda ayblanib qo`lga olinadi.

Jinoyatga jazo muqarrar

“Anora R” MChJ dorixonasini tintuv qilish vaqtida dorixona stol tortmasidan “Fenazepam 1 mg” yozuvli 14 dona qog`oz qutisida bo`lgan, jami 140 dona tabletkalar, shkaf ichidan 3 dona elim idishdagi suyuq moddalar, 1 dona polietilen kichik paketda bo`lgan plastmassasimon oq sariq rangdagi modda, qog`ozga o`ralgan yashil rangdagi kukunsimon noqonuniy moddalar topiladi.

O`zbekiston Respublikasi IIV EKM ning xulosasiga ko`ra, mijoz tomonidan taqdim etilgan dorilarning psixotrop modda ekanligi aniqlanadi. R. Avazovdan olingan 2 ta dori o`ramiga joylashtirilgan 10 dona dori tarkibida psixotrop moddasi bo`lib, nomiga mos kelishi, zavod qadog`iga ko`ra, bir dona doridagi “fenazepam”ning og`irligi 0,001 gramm bo`lib, bu 20 dona doridagi “fenazepam”ning og`irligi 0,02 grammga tengligi aniqlangan. Rustam Avazovga ushbu dorilarni etkazib bergan Mo`minxon Abduazimov jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlanadi.

Taqiqlangan dori vositalarini sotishdan tashqari “Anora R” MChJ balansidagi dorixona xodimlari naqd pulga sotilgan dori vositalarini nazorat-kassa mashinasiga kirim qilmasdan daromadni yashirishga uringanliklari aniqlandi. Ular 2014-2016 yillar davomida 227.918.100 so`m miqdoridagi naqd pulni nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilmasdan savdo qoidalarini qo`pol ravishda buzib kelganlar.

Ko`proq daromad ko`raman deb qing`ir ishga qo`l urgan bu shaxslarning ham qilmishlari fosh etildi. Sud ushbu jinoyat ishini har tomonlama xolis ko`rib chiqib, jinoyatchilar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 189- va 273-moddalari asosida aybdor deb topildi va tegishli tartibda jazoga tortildi.

BEK

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

10.08.2021, 16:44

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1