Rossiyaning Moskva shahridan Farg`ona shahriga parvoz qilgan samolyot Samaraga shahriga qo`nishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Bunga samolyot bortidagi yo`lovchilardan biri, 37 yoshli o`zbekistonlik homilador ayolni to`lg`oq tutgani sabab bo`ldi.
Havo layneri 19 aprel kuni mahalliy vaqt bilan 08:30 da Kurumoch aeroportiga majburiy qo`nishni amalga oshirdi. Ayol reysdan olinib, Samara kasalxonalaridan biriga yuborildi. Shundan keyin samolyot o`z yo`lida davom etdi.