AsosiyJamiyat

​Hamid Olimjon, G`afur G`ulom va Zulfiya haykallarining joyi ko`chiriladi

'​Hamid Olimjon, G`afur G`ulom va Zulfiya haykallarining joyi ko`chiriladi'ning rasmi

Kuni kecha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to`g`risida qaror imzoladi.

Qarorga ko`ra, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazining yozuvchi va shoirlarning haykallarini Adiblar xiyoboniga ko`chirish to`g`risidagi taklifiga rozilik berildi.

Endilikda Toshkent shahar hokimligining poytaxtimizdagi Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan Hamid Olimjon haykali, G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida o`rnatilgan O`zbekiston xalq shoiri G`afur G`ulom haykali, O`zbekiston davlat san`at muzeyi yonidagi xiyobonda o`rnatilgan O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya haykali Adiblar xiyoboniga ko`chiriladi.

Boshqa yangiliklar