1

​Buxoro viloyati hokimligida dolzarb masalalar tanqidiy ko`rib chiqildi

Jamiyat 19.04.2017, 16:41
Teglar: hokim
​Buxoro viloyati hokimligida dolzarb masalalar tanqidiy ko`rib chiqildi

Joriy yilning 17 aprel kuni viloyat hokimlik soati yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishni viloyat hokimi O`. Barnoev olib bordi.

Yig`ilishda viloyat hokimi o`rinbosarlari, hokimlik apparati mas`ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o`rinbosarlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Yig`ilish avvalida ishtirokchilar viloyat kadrlar tarkibidagi o`zgarishlar bilan tanishtirildi. Genjaev Yo`ldosh Hakimovich – viloyat hokimligi madaniyat boshqarmasi boshlig`i, Niyozmatov Nazirjon G`anijon o`g`li — viloyat mudofaa boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlangan.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yil I choragida 124 ta hujjat kirim qilingan bo`lib, ular ijrosini tashkil etish yuzasidan viloyat hokimligining tegishli me`yoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilingan.

Ammo ba`zi hududlar, korxona va tashkilotlarda mazkur hujjatlar ijrosini tashkil etish, ularning monitoringini yuritish borasidagi ishlar talabga javob bermaydi.

Xususan, Vobkent tumanida mart oyida kelib tushgan 32 ta hujjat yuzasidan tuman hokimining tegishli hujjatlari aksariyati muddati buzilgan holda qabul qilingan, nazorat rejalar ishlab chiqilmagan, monitoring yuritish tizimi umuman o`rnatilmagan, yi-ilishlarda qarorlar ijrosi muhokama qilinmagan.

Tuman hokimining ko`pgina qarorlari mazmunan sayoz tuzilgan, viloyat hokimining qarorlaridan tegishli bandlari ko`chirib yozilgan, xolos.

2017 yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan viloyat hokimligiga 1755 ta ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat qilingan.

Bu ko`rsatgich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1156 taga ortgan. Hokim hamda hokim o`rinbosarlari tomonidan 476 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilinib, bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 310 taga ko`paygan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga joriy yil ilk choragida jami 5337 ta murojaatlar ro`yxatga olingan bo`lib, 3149 ta murojaatga javob berilgan, murojaatlarning 91 tasi qanoatlantirilgan, 2974 tasiga esa tushuntirish berilgan.

2017 yilning o`tgan davrida mehnat faoliyati davomida berilgan topshiriqlarga nisbattan mas`uliyatsizligi, rahbarlik qilayotgan tizimida ijro intizomini susaytirganligi hamda yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun turli lavozimlarda ishlab kelayotgan jami 57 nafar rahbarlar vazifasidan ozod etildi.

Yig`ilishda viloyatda ijro intizomi sifatini kuchaytirish yuzasidan aniq tizim belgilab olindi.

Hokimlik soatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning joriy yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 2017 yil 16 martdagi kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan majlis bayoni ijrosining holati, 2017 yil birinchi chorakda mahalliy byudjet daromadlari rejasining ijrosi hamda ikkinchi chorak prognoz ko`rsatkichlarini bajarish va hududlarda subvensiya ulushini kamaytirish yuzasida amalga oshiriladigan vazifalar to`g`risidagi masalalar ham tanqidiy ko`rib chiqildi.

Yig`ilishda qishloq xo`jaligi ishlarini tashkil etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tez kunlarda yakunlash hamda aholi xonadonlariga tijorat banklari tomonidan kredit mablag`lari ajratilishining ahvoli muhokama qilindi.

Xususan, viloyatda namunaviy hudud sifatida belgilangan Shofirkon tumanidagi mahalla fuqarolar yig`inlariga biriktirilgan 19 ta tijorat banklari tomonidan etarli ishlar olib borilmayapti.

Mazkur yo`nalishdagi kamchiliklar Qorako`l, Jondor, Peshko` tumanlarida ham ko`zga tashlanmoqda.

Yig`ilish davomida hududiy eksport prognoz ko`rsatkichlarining bajarilishi, milisiya tayanch punktlarini ta`mirlash, profilaktika inspektorlariga ular ishlaydigan hududda xizmat uylarini qurish va shaharlarda ikkilamchi uy-joylar fondi hisobidan xizmat uylari bilan ta`minlash, 9 May – Xotira va qadrlash kuni tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, 2020 yil Tokio shahrida o`tkaziladigan olimpiadaga tayyorgarlik ko`rish, sog`likni saqlash va boshqa masalalar tahliliga keng e`tibor qaratgan viloyat hokimi shahar va tumanlar hokimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga o`z ishiga nisbatan yanada mas`uliyat bilan yondashishni, tashabbuskorlik ko`rsatishni uqtirdi.

Sharhlar

20 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushib qamalgan hokim o`rinbosari Farg`ona viloyati hokimligida ish boshlagani rad etildi

17.12.2022, 10:55

Telegram kanallardan birida Farg`ona viloyati Buvayda tumani hokimining sobiq 1-o`rinbosari bo`lgan Dexqonov Mirzoxidjon bundan 2 yil avval 20 000 dollar pora bilan qo`lga tushib,  ozodlikdan...
"Etti uxlab tushimga kirmagan edi". Tasodifan Erkinjon Turdimov qabuliga borgan yigitning orzulari kutilmaganda amalga oshdi

10.09.2021, 11:05

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi sayyor qabuliga borgan fuqaro va ularning samimiy suhbati aks etgan video keng tarqaldi.Mazkur videoda imkoniyati cheklangan fuqaro oʻziga nogironlik aravachasi...
Namangan viloyati hokimi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi

27.07.2021, 17:54

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov koronavirusga qarshi emlashning ikkinchi dozasini qabul qildi.  Bu haqda Namangandan maxsus muxbirimiz xabar qildi.Koronavirusga qarshi revaksinasiyalangan Shavkatjon Abdurazzaqovning holati a`loligi,...
Jahongir Ortiqxo`jaev koronavirusga qarshi emlandi

17.07.2021, 17:58

Jahongir Ortiqxo`jaev koronavirusga qarshi 2 marotaba  emlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha hokim O`zbekiston - Xitoy aksinasi bilan emlangan. Uning aytishicha, yaqin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1