AsosiyJamiyat

​Olmazor tumani sud ijrochilari o`n kunlik chaqalog`i bor oilani ko`chaga haydadi

'​Olmazor tumani sud ijrochilari o`n kunlik chaqalog`i bor oilani ko`chaga haydadi'ning rasmi

18 aprel kuni Olmazor tumanida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati sayyor qabul tashkil etgani haqida avval xabar bergandik.

Tashkil qilgan ochiq muloqotda sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, vazirliklar, davlat qo`mitalari, markaziy idora va tashkilotlar, bank-moliya muassasalari rahbarlari, poytaxtimiz va Olmazor tumani hokimliklari mas`ul xodimlari fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, ularni hal qilishga kirishdi.

Bir necha yil avval Toshkent tibbiyot akademiyasi balansidagi Olmazor tumani Shifokorlar-2 ko`chasida joylashgan uy akademiya xodimlariga yashash uchun berilgan. Bu uyda yashovchilar – Jamshid Allamurodov, Gulbahor Rahmonova, Zilolaxon Ergashevaning aytishicha, ularga mazkur uy «Kamolot» YoIH va kasaba uyushmasining boshlang`ich tashkilotlari tavsiyasi asosida qonuniy ajratilgan. Fuqarolik ishlari bo`yicha Shayxontohur tumanlararo sudi Olmazor tumani hokimligining da`vosi asosida ularga mazkur uyni berish haqidagi hujjatni bekor qilgan, deb yozadi O`zA.

– Shu yilning 31 mart kuni sud ijrochilari o`n kunlik bolamiz bilan bizni ko`chaga haydadi, – dedi Jamshid Allamurodov. – Shundan beri hali u, hali bu tanishlarning uyida yashab yuribmiz.

Sayyor qabulda Oliy sud mutasaddilari bu masala nazorat tartibida tezda qonuniy ko`rib chiqilib, adolatli yakuniy qaror qabul qilinishini ma`lum qildi. Sud yakuniy qarorni aytmaguncha bu uyda yashovchilarni, ayniqsa, chaqalog`i bor oilani uydan quvib chiqarish oddiy insoniylik mezonlariga ham to`g`ri kelmasligi ta`kidlandi. J.Allamurodov oilasi va boshqalarning Oliy sud yakuniy, adolatli qarorni qabul qilguncha shu uyda yashab turishi ta`minlandi. Ularga xonadonlari kalitlari qaytarildi.

Boshqa yangiliklar