Jizzaxga qilgan safari davomida elchi Spratlen xonim mahalliy taomlardan, jumladan mashhur “Jizzax somsasi”dan tatib ko`rdi, deb xabar beradi AQShning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Pamela Spratlen somsa yopilayotgan tandir yonida esdalik uchun suratga ham tushdi.
“Bunday yirik somsalar butun mamlakat bo`ylab ma`lumu mashhur bo`lsa-da, O`zbekiston avval eng ko`p norin tayyorlash bo`yicha jahon rekordini o`rnatgan. Bu safar eng mazali somsa tayyorlash bo`yicha rekord o`rnatilsa ajabmas!”,—deyiladi xabarda.