1

​Yakkasaroy tuman hokimligida murojaatlar bilan ishlash to`g`ri tashkil etilmagani aniqlandi

Jamiyat 21.04.2017, 16:06
Teglar: Toshkent, hokim
​Yakkasaroy tuman hokimligida murojaatlar bilan ishlash to`g`ri tashkil etilmagani aniqlandi

Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlari o`zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli soha rahbarlariga murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Davlatimiz rahbarining topshirig`iga binoan tashkil etilgan ochiq muloqotda sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, vazirliklar, davlat qo`mitalari, markaziy idora va tashkilotlar, bank-moliya muassasalari rahbarlari, Toshkent shahri va Yakkasaroy tumani hokimliklari mas`ul xodimlari fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, ularni joyida hal etishga harakat qildilar. Qo`shimcha o`rganish zarur, deb topilgan murojaatlar bo`yicha mutasaddi idora va tashkilotlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Tahlillarga murojaat qiladigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani aholisidan 2017 yilning 20 aprel holatida jami 6 654 ta murojaat kelib tushgan.

Ularning asosiy qismi uy-joy olish va uy-joy qurish uchun er ajratish, joylarda uy-joylarning tamirga muxtojligi yuzasidan masalasi bo`yicha 1 094 ta murojaat (16,4%), bank-moliya va soliqqa tortish masalalari bo`yicha 581 ta murojaat (8,7%), sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo`jalik sudlarida ishlar ko`rilishi bo`yicha 514 ta murojaat (7,7%), moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta`minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo`yicha 385 ta murojaat (5,8%), fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o`tish masalalari bo`yicha 354 ta murojaat (5,3%), sud qarorlarining ijro etilishi masalalari bo`yicha 317 ta (4,8%), mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo`yicha 252 ta murojaat (3,8%) va boshqa masalalr bo`yicha kelib tushgan.

Tadbirda ta`kidlab o`tilganidek, bu raqamlar bir tomondan xalqimizning davlat hokimiyati va qonun ustuvorligiga bo`lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, shahar va tuman hokimliklari mas`ul shaxslarining xalqdan, uni qiynab kelayotgan muammolardan uzoqlashib qolgani, murojaatlar bilan ishlash sohasiga etarli darajada e`tibor qaratmagani kabi salbiy omillar chuqur ildiz otib ketganini ko`rsatadi.

Murojaatlarning 2 177 tasini bevosita Yakkasaroy tumani hokimligi vakolatiga taalluqli masalalar tashkil etadi. Tuman hokimligida murojaatlar bilan ishlash to`g`ri tashkil etilmagani, murojaatlarni taqsimlash va nazorat qilish ishlariga malakali kadrlar jalb etilmagani hamda tahlil ishlari yo`lga qo`yilmagani oqibatida fuqarolarning shikoyat va arizalariga qonunda belgilangan muddatda javob berish shartlari buzilishiga yo`l qo`yilmoqda. Misol uchun, hozirgi kunda 145 ta muddati o`tgan murojaat mavjud bo`lib, shundan 42 tasi 2016 yildan qoldiq bo`lib o`tgan, 103 tasi esa joriy yilning yanvar, fevral va mart oylarida kelib kelib tushgan.

Ochiq muloqotda tumanda murojaatlar bilan ishlash, odamlarning ichiga chuqur kirib borish, ularni tinglash, yig`ilib qolgan muammolarni hal qilish borasida yo`l qo`yilayotgan xato va kamchiliklar keskin tanqid qilindi. Odamlar dardi bilan yashash, ularning muammolarini o`z vaqtida hal etib, farovon turmushni ta`minlash, xato va kamchiliklarga befarq bo`lmay, ularni bartaraf etish uchun jon kuydirish, barcha o`z ishiga mas`uliyat bilan yondashish kerakligiga e`tibor qaratildi.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1