1

​Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi yana bir mahallada bo`ldi

Jamiyat 21.04.2017, 21:36
Teglar: O`zbekiston, Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi yana bir mahallada bo`ldi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanidagi "Tabassum" mahalla fuqarolar yig`inida bo`ldi, deya xabar beradi O`zA.

Davlatimiz rahbari mahalla hayoti bilan tanishib, aholi bilan muloqot qildi. Uchrashuvda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha islohotlar, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

Mahallalar tom ma`noda madaniyat va ma`naviyat maskaniga aylanmog`i lozim, buning uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish zarur, dedi Prezidentimiz. Kitob insonga bilim beradi, uning ma`naviy olamini boyitadi, Vatanni sevishga o`rgatadi.

Tabassum mahallasidagi 27 ko`p qavatli uyda 5 ming 300 dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qiladi. Mahalla fuqarolar yig`ini markazi binosida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu erda mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xizmat xonalari bo`lishi ko`zda tutilgan. Sartaroshxona, "Go`zallik saloni", savdo do`koni, novvoyxona qurish rejalashtirilgan. Bu xalqimizga xos hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yaqinda mahalla hududida bolalar maydonchasi, mini-futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu mahalla yoshlari uchun yana bir qulaylik bo`ldi.

Har bir rahbar odamlarning dardiga quloq solishi, muammolarini hal qilishi, bir so`z bilan aytganda, ularni rozi qilish tashvishi bilan ishlashi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Shundagina ularning davlatga, kelajakka ishonchi ortadi. Mahallalarni obod qilish, xalqqa barcha qulay sharoitlarni yaratish bu borada muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimiz mahalladagi ko`p qavatli uylar, maktabgacha ta`lim muassasalari atrofini obodonlashtirish, yo`laklarni ta`mirlash bo`yicha mutasaddilarga ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1