AsosiyJamiyat

​Samarqandda meva va sabzavotlarni eksport qilish masalalari bo`yicha ikki kunlik forum start oladi

'​Samarqandda meva va sabzavotlarni eksport qilish masalalari bo`yicha ikki kunlik forum start oladi'ning rasmi

27-28 aprel kunlari Samarqand shahrida “Meva va sabzavotlarni eksport qilishni qo`llab-quvvatlash va raqobatchilikni rivojlantirish” mazuida biznes-forum tashkil etiladi.

Unda yuzdan ortiq meva va sabzavot ishlab chiqaruvchilar, savdogarlar, xaridorlar, chakana savdo tizimi vakillari, investorlar, hududdagi va undan tashqaridan kelgan rivojlanish institutlari vakillari Markaziy Osiyoda savdoni yanada rag`batlantirish va meva-sabzavot va unga bog`liq sektorlar mahsulotlari eksportini ko`paytirish borasidagi imkoniyatlarni va innovasion echimlarni topish uchun yig`ilishadi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, savdogarlar, xaridorlar, chakana savdo vakillari, investorlar, rivojlanish institutlari, AQSh elchixonasi, Amerika Qo`shma Shtatlarining Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishadi.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, USAID ning Markaziy Osiyoda raqobatchilik, savdo va bandlik masalalari bo`yicha loyihasi (CTJ) va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) “Markaziy Osiyoda hududiy savdoni qo`llab-quvvatlash dasturi” ko`magida tashkil etilmoqda.

Tadbir doirasida 28 aprel kuni Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tashrif uyushtiriladi.

Boshqa yangiliklar