AsosiyJamiyat

​Jizzaxda hokim o`rinbosarlariga «Nexia-3» topshirildi

'​Jizzaxda hokim o`rinbosarlariga «Nexia-3» topshirildi'ning rasmi

Joriy yilning 23 aprelida Jizzax shahar va tumanlar hokimi o`rinbosarlariga, xizmat faoliyatini amalga oshirish uchun 40 ta yangi zamonaviy “Nexia-3” avtomobillari topshirildi, Jizzax viloyati hokimligi.

Tadbirda so`z olgan viloyat hokimi Ulug`bek Uzakov O`zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori bilan hududiy boshqaruv organlari xodimlariga berilayotgan e`tibor haqida gapirib, yaratilayotgan sharoitlar ularni yanada ma`suliyat bilan faoliyat yuritishlariga undashini ta`kidladi.

Mazkur xizmat avtomobillari shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha o`rinbosarlari, sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarlari, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari uchun ajratilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi maxsus Qarori asosida Respublika bo`ylab hokim o`rinbosarlarini avtomashina bilan ta`minlash ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar