Joriy yilning 18 may kuni “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo`nalishi bo`yicha Boeing 787 Dreamliner samolyotida ilk reysni amalga oshiradi. 27 iyul kuni O`zbekiston milliy aviatashuvchisi tarixda ilk bor Nyu-Yorkka to`g`ridan-to`g`ri qo`nishsiz reys amalga oshiriladi.
“Orzu laynerida” Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo`nalishida parvoz Milliy aviakompaniya yo`lovchilariga Rigagacha 20-30 daqiqa, Nyu-Yorkka esa bir soat tezroq etib borish imkonini beradi.
Toshkentdan Nyu-Yorkka transatlantik qo`nishsiz uchish bu Milliy aviakompaniya rivojlanishidagi yangi davr sanaladi. Boeing 787 Dreamliner otryadi uchuvchilari ushbu tarixiy hodisaga tayyorgarlik ko`rishmoqda. London va Shanxayda trenajer tayyorgarlikdan o`tgan uchuvchilar erda tayyorgarlik ko`rmoqda – uchuvchi-yo`riqchilar bilan mashg`ulotlar o`talmoqda.
Drimlaynerda Nyu-Yorkka to`g`ridan-to`g`ri parvoz 12 soatni, Toshkentga qaytish esa – 11 soatni tashkil qiladi. Shu bilan birgan Milliy aviakompaniya AQShga Riga orqali haftada 1 marta reyslarni saqlab qoladi.
“O`zbekiston havo yo`llari” Boeing 787 Dreamliner tijoriy ekspluatasiyasini o`tgan yilning sentyabridan boshlagan. Bugun “orzu laynerida” Dubay, Dehli, Amritsar, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga parvozlar amalga oshiriladi.