1

​I chorakda 3092 nafar iste`molchilarning foydasiga 954 mln. so`m zarar undirildi

Jamiyat 27.04.2017, 10:13
Teglar: Surxondaryo, Qashqadaryo
​I chorakda 3092 nafar iste`molchilarning foydasiga 954 mln. so`m zarar undirildi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Kengashining birinchi chorak yakunlariga bag`ishlangan sayyor yig`ilishi Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida bo`lib o`tdi.

Federasiya markaziy ijro etuvchi apparati tomonidan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida obodonlashtirish, ichimlik suvi ta`minoti masalalari, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida qolipli non va non mahsulotlarining ishlab chiqarilishi, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog`, Xorazm viloyatining Xonqa, Andijon viloyatining Xo`jaobod tumanlarida aholiga munosib turmush sharoiti yaratilishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qilinayotgan ishlarning bugungi kundagi holati bo`yicha jamoatchilik nazorati tartibida o`rganishlar o`tkazilib, aniqlangan kamchilik, bildirilgan takliflar joyida hal etilishi maqsadida tegishli viloyat hokimliklariga kiritildi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xisobot davrida Federasiyaga jami 60 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ijro uchun hududiy birlashmalarga yuborilgan. Mazkur murojaatlarning 56 tasi (93.3%) ijobiy hal etilishi natijasida iste`molchilarga jami 8 mln 868 ming 150 so`m miqdordagi mablag` qayta hisob-kitob qilib berilgan.

Hisobot davrida “Iste`molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalariga fuqarolardan kelib tushgan, jami 1375 ta murojaatlar ro`yxatga olinib, shundan 1063 ta murojaat bo`yicha fuqarolarga qonun talablari yuzasidan tushuntirishlar, 147 ta murojaat yuzasidan davlat va nazorat qiluvchi organlarga, 28 ta murojaat yuzasidan esa sud organlariga murojaat qilish bo`yicha huquqiy maslahatlar berilgan.

Federasiya markaziy ijro etuvchi apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari, tuman va shahar jamiyatlari raislari tomonidan aholi (fuqarolar) bilan jami 1491 marotaba muloqotlar o`tkazilib aniqlangan holatlarni joyida bartaraf etish maksadida mutasaddi idora va tashkilotlarga jamoatchilik nazorati tartibida murojaatlar qilingan.

Hisobot davrida Federasiya va uning hududiy tuzilmalariga fuqarolardan jami 3092 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, murojaatlarning 2688 tasi, ya`ni (86,9%) ijobiy hal etilishi natijasida, iste`molchilar foydasiga jami 954 mln. 246,4 ming so`m miqdordagi etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.

Federasiya tomonidan iste`molchilarning manfaatlarini ko`zlab 40 ta holatda sud organlariga da`vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 53mln. 244,3 ming so`m moddiy va ma`naviy zararlar iste`molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan. 69 taholatda qilingan murojaatlar yuzasidan iste`molchilar manfaatlarini ko`zlab, nazorat qiluvchi organlarigako`rib chiqish uchun yuborilgani va aksariyat murojaatlarning ijobiy xal etilishi natijasida iste`molchilar foydasiga 12 mln. 49,9 ming so`m mablag` iste`molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.

Sharhlar

Surxondaryoda aholi turar joyiga ayiq kelib qolgan

15.05.2024, 16:39

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi ma`lumot berdi. 15...
Qashqadaryoda ko`chatlarni shikastlagan qo`ylarning egasiga chora ko`rildi

10.05.2024, 17:19

Qashqadaryo viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko`chatlari orasiga qo`ylarni haydagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi...
Surxondaryoda 1 tonnadan ortiq iste`molga yaroqsiz go`sht aniqlandi

10.05.2024, 16:50

Surxondaryo viloyatida o`tkazilgan reydda iste`molga yaroqsiz 1015 kilogramm mol go`shti aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.Qayd etilishicha, “Darband” YPX maskanida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat tartibini...
Qashqadaryoda MIB xodimlarini kaltaklab, ularning mashinasiga shikast etkazgan fuqaro qamaldi — video

10.05.2024, 14:25

Ma`lum qilinishicha, MIBning Kasbi tuman bo`limi xodimlari tomonidan ijro hujjatiga asosan fuqaro D.P.ning 41 mln 660 ming soliq, davlat boji va ma`muriy jarimalarini undirish yuzasidan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1