1

​Prezident Shavkat Mirziyoev Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal tosh qo`ydi

Jamiyat 27.04.2017, 13:42
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident, ​Jizzax
​Prezident Shavkat Mirziyoev Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal tosh qo`ydi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Zafarobod tumaniga tashrif buyurdi. Tumanning "Chimqo`rg`on" qishloq fuqarolar yig`ini hududida Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qo`yish marosimi bo`ldi.

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya qilish va diversifikasiyalash, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali uning raqobatbardoshligini oshirish asosiy ustuvor yo`nalishlar sifatida belgilangan.

Energetika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarga muvofiq, Jizzax viloyatida zamonaviy neftni qayta ishlash kompleksi barpo etiladi. Qiymati 2,2 milliard dollar bo`lgan loyiha yiliga 5 million tonna neft xomashyosini qayta ishlash imkonini beradi.

Prezidentimizning Qozog`iston va Rossiyaga davlat tashriflarida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida majmua uchun xomashyo yaqinda barpo etiladigan neft quvuri orqali etkazib kelinadi. Bu energiya resurslarini etkazish xarajatlarini keskin kamaytiradi va loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Majmuaning geografik joylashuvi ishlab chiqarilgan mahsulotni mamlakatimizning barcha hududlariga va eksportga minimal xarajatlar bilan etkazish imkoniyatini ta`minlaydi.

Zavodda uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash bo`yicha eng zamonaviy, ekologik va energetik jihatdan samarador texnologiyalar o`rnatiladi. Ular asosida jahon standartlariga javob beradigan motor va aviasiya yoqilg`isi, benzol, mazut, bitum va boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Aviasiya kerosini ishlab chiqarish miqdorini oshirish havo kemalarimizning parvoz geografiyasini sezilarli darajada kengaytirish, etakchi xorijiy aviakompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik orqali yo`lovchi va yuk samolyotlarining tranzit reyslarini oshirish bilan bir qatorda mamlakatimiz aviasiya sohasini yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Majmuaning ishga tushirilishi 2 mingdan ziyod, sohaga aloqador va xizmat ko`rsatish tarmoqlarida qo`shimcha 14 mingdan ortiq kishining bandligini ta`minlashga xizmat qiladi.

Marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nutq so`zladi.

Majmuaga tantanali ravishda tamal toshi qo`yildi.

Tadbir ishtirokchilari hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida olib borayotgan ezgu ishlari uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Sharhlar

O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Jizzaxda 22 yoshli yigit xotini va o`g`lini o`ldirib, yoqib yubordi (video)

12.11.2022, 00:20

Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida 22 yoshli yigit ayolini xiyonatda ayblab, uni va 5 yoshli farzandini o`ldirdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.Ma`lum bo`lishicha,...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1