1

​Avtobus haydovchilarining qoidabuzarliklari sababli avtokorxonalar 15 million so`m jarima to`ladi

Jamiyat 27.04.2017, 14:33
Teglar: Avtobus, jarima
​Avtobus haydovchilarining qoidabuzarliklari sababli avtokorxonalar 15 million so`m jarima to`ladi

Ma`lumki, Toshkent shahri chorrahalarida 15 martda videokuzatuv kameralari ish boshladi.

Tahlillar dastlabki kunlarning o`zidayoq “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi avtokorxona haydovchilari tomonidan 52 ta qoidabuzarlik sodir etilganligini ko`rsatdi. Mazkur qoidabuzarliklar bois jamiyat tarkibidagi avtokorxonalar 15 million so`mdan ortiq jarima to`lashga majbur bo`lgandi, deb yozadi “Poytaxt transport” nashri.

2017 yilning 15 martidan 2017 yilning 14 apreligacha bo`lgan muddatda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi avtokorxonalar haydovchilari tomonidan jami 191ta qoidabuzarlik sodir etilganligi qayd qilingan.

Jami qoidabuzarliklar bitta punkt bo`yicha, ya`ni taqiqlangan qizil chiroq belgisiga rioya qilmaslik bo`lib chiqdi. Tezlikni oshirish yuzasidan esa bitta ham jarima yo`q. Hozircha kameralar, asosan, chorrahalarda joylashtirilganligi uchun ham tezlikni oshirgan haydovchilar jarimadan qutulib qolyapti, deyish mumkin.

Kameralar ishga tushganining ikkinchi haftasidan boshlab, ya`ni joriy yilning 6-13 aprel oralig`ida Jamiyat avtokorxonalari haydovchilari tomonidan 22 marta qoidabuzarlik sodir etilgani qayd qilindi. Dastlabki uch hafta davomida 169 ta qoidabuzarlik qayd qilingan bo`lsa, undan keyingi bir hafta davomida atigi 22ta qoidabuzarlik ro`yxatga olindi. Bu avtokorxonalarda haydovchilar bilan targ`ibot ishlari keng olib borilayotganidan darak beradi.

Sharhlar

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
Ohangaronda 2 dona tog` lolasini uzgan yigit jarimaga tortildi

20.04.2024, 20:14

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo`limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Reyd davomida Ohangaron tumani Chetsuv...
Qozog`istonda 33 nafar o`zbekistonlik yo`lovchi bo`lgan avtobus to`xtab qoldi

03.02.2023, 10:42

Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1