AsosiyJamiyat

​FVV O`zbekistonda yuz bergan zilzila yuzasidan axborot berdi

'​FVV O`zbekistonda yuz bergan zilzila yuzasidan axborot berdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun, 3 may kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilgan zilzila yuzasidan axborot berdi. Axborotda ma`lum qilinishicha, zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmagan.

«Toshkent» seysmostansiyasining bergan ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning 3 may kuni soat 09:47da Respublikamizning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Zilzilaning episentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo`nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to`g`ri keladi. Episentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=6,0 ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Farg`onada 4,5 ball, Andijonda 4 ball, Toshkentda 3,5-4 ballni tashkil etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar