1

​Andijonda jamoat transportida yo`l haqini elektron to`lov kartochkalari orqali to`lash joriy etildi

Jamiyat 03.05.2017, 13:31
Teglar: Avtobus, Andijon
​Andijonda jamoat transportida yo`l haqini elektron to`lov kartochkalari orqali to`lash joriy etildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko`rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo`lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida Andijon shahridagi mavjud 14 ta yo`nalishda harakatlanuvchi 150 ta avtobusda yo`l haqini elektron transport to`lov kartochkalar orqali to`lash joriy etilgani yo`lovchilar uchun katta qulaylik bo`ldi, deb xabar beradi Andijon viloyati hokimligi rasmiy sayti.

Yangi loyiha asosida ishlovchi avtobuslarga eng tajribali haydovchilar tanlab olindi. Kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan 150 nafar bitiruvchi amaliyot davrida tayyorgarlik ko`rib, chiptachi vazifasida ish boshladi. Har bir to`lov to`g`ridan to`g`ri xizmat ko`rsatuvchi korxonaning hisob raqamiga tushadi.


“Respublikamizda birinchi bor Andijonda bu tartib yo`lga qo`yildi,-deydi O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bo`lim boshlig`i Abdurashid To`laganov.-Yo`l haqini naqd pulsiz amalga oshirilishi qator qulayliklarni yaratdi. Yo`lovchi dastlab avtobekat yoki bank muassasalaridan 15 ming so`mga kartochka sotib oladi. Keyinchalik o`zining bank plastik kartochkasidan onlayin tartibida unga pul tushirib boradi. Undan ikki yil muddatda Respublika bo`yicha xizmat ko`rsatayotgan avtobuslarda foydalaniladi. Eng muhimi, bitta kartochkadan butun oila a`zolari foydalanishi mumkin. Yo`l haqi shahar yo`nalishlarida bir xil belgilangan”.


Kartochkadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani terminalga (validator) tekkazib pul mablag`ini echadi. To`lov amalga oshirilganini tasdiqlash maqsadida sana. vaqt, yo`nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag` haqida hisobotlar qayd etilgan chipta(chek) beriladi. Busiz yo`l haqi to`lanmagan hisoblanadi.


Andijon shahri ko`chalarida barpo etilayotgan zamonaviy oynavand bekatlarda avtobuslarning oraliq masofasini masofadan onlayin rejimida (GPS) doimiy kuzatib borish imkoniyati yaratilgani ham quvonarli. Maxsus monitor orqali kutayotgan avtobusingizni qaerda kelayotgani va bekatga etib kelish vaqtini bilish mumkin. Bu o`z o`zidan vaqtingizni tejaydi.

Yaratilgan qulaylik haydovchini chalg`imay, erkin harakatlanish imkonini berdi. Chunki yo`lovchilar bilan faqat chiptachi ishlaydi. Bu ayni vaqtda xavfsizlikni ham oshiradi.

Sharhlar

Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Andijonda aka-ukani urib ketib, ulardan birining o`limiga sababchi bo`lgan YPX xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda

10.08.2023, 20:43

Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...
Qozog`istonda 33 nafar o`zbekistonlik yo`lovchi bo`lgan avtobus to`xtab qoldi

03.02.2023, 10:42

Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1