Haydovchilar Toshkent shahri chorrahalariga o`rnatilgan videokuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarini onlayn tekshirish imkoniga ega bo`ldilar.
Buning uchun O`zbekiston Respublikasi YHXB yo`l harakati qoidalarini buzganlik uchun tayinlanadigan jarimani tekshirish mumkin bo`lgan dyhxx.uz saytini ishga tushirdi.
Test tartibida ishlovchi sayt ro`yxatidan o`tish uchun mobil telefonning raqamini ko`rsatish lozim. Hozircha xizmat faqat UMS operatorlari uchun ko`rsatiladi.
Shaxsiy kabinetda ikkita avtomobilni ro`yxatdan o`tkazish va ularning yo`l qoidalarini buzgan yoki buzmaganligini kuzatish mumkin. Buning uchun avtomobilning tex.pasport seriyasi va raqamini hamda avtomobilning davlat raqami belgisini kiritish kifoya.
Yo`l harakati qoidalari buzilgan taqdirda shaxsiy kabinetga jarima miqdori, qoidabuzarlikning turi, joyi, vaqti va jarima to`langandan keyin uning yopilgan sanasi haqida ma`lumotlar keladi.
Sayt Beta tes rejimida yo`lga qo`yildi.
Darvoqe, jarimalarni 8860 qisqa raqamiga 01A123AA AAC1234567 ko`rishidagi SMS xabar yuborib ham tekshirish mumkin. Har bir kirish SMS xabarining narxi - $0,05