O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev sobiq Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov bilan birgalikda haj ziyoratiga bordi. Ularning Haj ziyoratida birga tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
68 yoshli Zokir Almatov 2006 yilgacha O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2016 yildan boshlab esa O`zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo`yicha davlat komissiyasi raisi sifatida ishlab kelmoqda.