Olis, chekka hududlarda bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalariga qamrab olish dolzarbligicha qolmoqda.
Ahamiyatlisi, ¬Prezidentning 2016 yil 29 dekabrda qabul qilingan “2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida ushbu masalaning puxta amaliy echimi ko`rsatilgan.
Galdagi besh yil mobaynida maktabgacha ta`lim muassasalari tarmog`ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1 ming 167 tasini rekonstruksiyalash, 983 tasini mukammal ta`mirlash orqali yanada kengaytirish aniq maqsad qilib qo`yilgan.
Yangi loyiha asosida bunyod etiladigan maskanlarda shinam va ko`rkam yozgi ayvonchalar, basseynlar barpo qilinadi. Buning uchun esa jami 2,2 trillion so`m miqdorida mablag` ajratilishi ko`zda tutilgan. Xususan, joriy yilning o`zida 301 maktabgacha ta`lim muassasasida 265,4 milliard so`mlik qurilish-ta`mirlash ¬ishlari olib boriladi.
Kompleks tadbirlarning bajarilishi samarasida bolalarning maktabgacha ta`limga qamrovi bir yarim barobar oshadi. Boshqacha aytganda, 2021 yilga borib, respublikamizda ¬maktabgacha ta`lim muassasa¬lari 1 million 109 ming nafardan ortiq bolajonlarni o`z bag`riga oladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Dilshod Kenjaev ma`lum qildi.